Furqat Botirov (ism-sharifi oʻzgartirildi) oʻzini usta deb tanishtirib, Termiz shahridagi “Bogʻishamol” mahallasida yashovchi X.Xolovning ishonchiga kiradi. Unga uyini taʼmirlab berishini aytib, savdolashadi va xonadon kalitini ham oladi. X.Xolov uyda yoʻq payti esa uy eshigini ochib kiradi-da, bu yerda turgan bitta noutbuk va bitta uyali telefon apparatini olib, hodisa sodir boʻlgan joydan yashirinadi.
Gʻaflatda qolgan uy egasi bu haqda shahar IIBga xabar qilgach, Furqat Botirovga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
Feruza ALIBOYEV,
Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi
Tergov boshqarmasi tergovchisi, mayor
