Shofirkon tumani IIB JXX HPB profilaktika katta inspektori, kapitan Abbos Gʻaffo­rovni hamkasblari soha fidoyisi sifatida qadrlashadi. Bunday hurmatga samimiyligi, hech kimdan yordamini ayamasligi hamda ishiga sidqidildan yondashishi orqali erishgan. Shuningdek, u «ustoz-shogird» anʼanalarini davom ettirib, ishga yangi qabul qilingan yosh profilaktika inspektorlariga boy tajribalarini oʻrgatib kelmoqda.

– Ustozim bilan yelkama-yelka, yonma-yon turib xizmat qilayotganimdan faxrlanaman, – deydi leytenant Mirshod Nurillayev. 

– U kishidan fuqarolar tomonidan tushadigan ariza va shikoyatlarni oʻrganish, maʼmuriy hujjatlarni yuritish, qisqasi, sohaviy bilimlarni puxta oʻzlashtirish hamda jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish sir-asrorlarini qunt bilan oʻrganmoqdaman. Shuningdek, Abbos aka oʻz hududlaridagi aho­lining tinchlik-xotirjamligini taʼminlashdan ortib, men singari boshqa profilaktika inspektorlariga ham yoʻl-yoʻriq koʻrsatib kelyapti. 

Oʻqish, oʻrganish va izlanish har qanday kasbda ham maho­ratni oshirishning bosh omilidir­. Tuman IIBda yaxshi yoʻlga qoʻyilgan anʼana yoshlarning kasb sirlarini mukammal oʻrga­nishlarida muhim ahamiyat kasb etyapti.

Mirzoqul AHADOV,

oʻz muxbirimiz.

Buxoro viloyati.