Soʻnggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan yosh avlodni tarbiyalashda “Ustoz-shogird” anʼanasiga amal qilish, ustozlarni ulugʻlash, ularning orttirgan tajribalaridan unumli foydalanish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 

Fargʻona viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati hamda IIV Fargʻona akademik liseyi hamkorligida tashkil etilgan uch avlod uchrashuvi ham yoshlarni ustozlar oʻgitidan yana bir bor bahramand etdi.

 Tadbirda viloyat IIB Faxriylar kengashi raisi va aʼzolari soʻzga chiqib, oʻquvchi-yoshlarni bilim olishga, kitob oʻqishga, halollikka va fidoylikka chorladilar. Yoshlikda olingan bilim insonni elda aziz va mukarram qilishi taʼkidlandi.

Tadbir davomida oʻquvchi-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga faxriy-ustozlardan javob oldilar.  

Abduvosit SIDIQOV,

oʻz muxbirimiz.

Fargʻona viloyati.