IIV taʼlim muassasalarida

IIV Malaka oshirish institutida «Transmilliy uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda ichki ishlar organlarining roli hamda hamkorlik yoʻnalishlari» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi boʻlib oʻtdi.

Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi tomonidan oʻtkazilgan anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, shuningdek bir qator vazirliklar, Bosh prokuratura, Qurolli Kuchlar, IIV, Davlat xavfsizlik xizmati va Oʻzbekiston Xalqaro Islom Akademiyalari, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va boshqa idora, tashkilotlar, oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdi. Konferentsiya davomida soha vakillari va mutaxassislarning mavzuga oid maʼruzalari tinglandi hamda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosida bir qator taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati.