Bugun har qadamda firibgarlardan ehtiyotkor boʻlish soʻralayotganida bunga mutlaqo befarq kimsalar ham uchrab turibdi. Bundaylar esa osongina tuzoqqa tushishmoqda.
Muzrabot tumanidagi «Yangi hayot» mahallasida yashovchi Rustam Xoldorov (ism-sharifi oʻzgartirildi) ham Termiz shahri hududida kam taʼminlanganlarga qurilayotgan uylardan olish istagida yurganlarning qariyb 10 nafarini chuv tushiradi. U “mijozlari”ga uyni qonuniy qilib olib berishni vaʼda qilib, katta miqdordagi pul mablagʻlarini olib, oʻz ehtiyojiga ishlatib yuboradi. Natijada unga ishonganlar ham uysiz, ham pulsiz qolishdi.
Shundan soʻng bu haqda ichki ishlar organiga xabar qilingach, holatga oydinlik kiritildi. Oʻzgalarning puliga taralla-bedod qilib yurgan R.Xoldorovga nisbatan esa jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
Mashhura SAʼDULLOYEVA,
kapitan.
Surxondaryo viloyati.
