Oʻzbekiston Respublikasi IIV Oʻz xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahar Bahouddin Naqshband koʻchasida joylashgan “Korzinka” savdo majmuasi yonida fuqaro N.S. oʻzga bir fuqaroni aldab, unga oʻzini IIV OʻXBB Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimi deb tanishtirib, IIV da ishlovchi vakolatli tanishlari orqali ichki ishlar organlariga ishga joylashtirishni vaʼda qilib, firibgarlik yoʻli bilan kimyoviy ishlov berilgan 2500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida qoʻlga olindi.

Ayni paytda holat yuzasidan N.S.ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.