Kuni kecha poytaxtimizda joylashgan xalqaro shaxmat akademiyasida mamlakatimiz huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari oʻrtasida mazkur sport turi boʻyicha XXXII-spartakiada musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Unda gʻoliblik uchun oʻzaro bellashgan 15 ta terma jamoa aʼzolari orasida IIV vakillari ham munosib ishtirok etishdi.
Qizgʻin davom etgan bahslar yakuniga koʻra, umumjamoa hisobida Davlat xavfsizlik xizmati shaxmatchilari 1-oʻrinni egallagan boʻlsa, Ichki ishlar vazirligi aql gimnastikachilari 2-pogʻonani zabt etdi, Milliy gvardiya sportchilari esa, bronza medaliga loyiq topildi.
Biz ham vazirligimiz shaʼnini astoyidil himoya qilib, ana shunday yorqin gʻalabani qoʻlga kiritgan hamkasblarimizni samimiy qutlab, kelgusida bundan-da, yuqori marralarni zabt etishini tilab qolamiz!
Ozod NASIMOV,
podpolkovnik.
