Kuni kecha IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligining Birlashgan oʻquv-dala markazida qoʻshinlarga qarashli 7534-harbiy qismga yangi chaqirilgan askarlar bilan Vatanga qasamyod qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ushbu tantanali marosimda qoʻshinlar qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari – shtab boshligʻi, polkovnik U. Jabborov soʻzga chiqib, oʻzining yigitlik burchini oʻtayotgan ona yurtimiz himoyachilarini hayotidagi unutilmas kun bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, tadbirda soʻz olgan boshqalar ham muddatli harbiy xizmatchilarni qasamyod qabul qilganliklari bilan qutlab, ona Vatani oldidagi muqaddas burchini vijdonan ado etishga, kelgusida barcha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, jamiyatda oʻz oʻrnini topishida ulkan zafarlar tiladi. 

Farzandlarini tabriklash uchun soʻzga chiqqan ota-onalar ham oʻzlarining dil izhorlarini bildirib, askarlarga yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlardan behad mamnun ekanliklarini quvonch bilan tilga olishdi.

Yigʻilganlarda katta taassurot qoldirgan ushbu marosim soʻnggida, harbiy qism maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik vzvodi shaxsiy tarkibining koʻrgazmali chiqishlari hamda Qorovul qoʻshinlari harbiy ansambli xonandalarining dilrabo kuy-qoʻshiqlari kechaga yanada fayz bagʻishladi. 

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.