Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navroʻz” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qoʻshni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar oʻrtasida sportning tosh koʻtarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari boʻyicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar oʻtkazildi. Musobaqalarda faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan kelajagimiz egalari esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Oʻz muxbirimiz.
