Namangan viloyati IIBda navbatdagi oʻquv mashgʻuloti boshqarma rahbariyati huzurida tashkil etilib, boshqarma boshligʻi oʻrinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari va shahar-tuman IIB rahbariyati ishtirok etdilar.
Mashgʻulotda "Xavfsiz va sogʻlom yurt" tezkor-profilaktik tadbirini samarali tashkil etish boʻyicha belgilangan vazifalar va viloyat osoyishtaligi hamda fuqarolarning tinchligini taʼminlashdagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, yurituvda boʻlgan tergovga qadar tekshiruv hujjatlarini qonuniy hal etish va amaliyotda uchrayotgan muammolar hamda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Oʻz muxbirimiz,
Namangan viloyati.
