Yaqinda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor B. Mirzarahimov xizmat safari bilan Qorovul qoʻshinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7531-harbiy qismga keldi.

Tadbir avvalida ona Vatanimiz himoyachilari bilan uchrashgan vazir oʻrinbosari yurtimizda sodir boʻlayotgan siyosiy va ijtimoiy jarayonlar, ichki ishlar organlari tizimida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar hamda kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan istiqbolli vazifalar toʻgʻrisida taʼkidladi.

Shuningdek, general-mayor B. Mirzarahimov harbiy qism va batalyon komandirlari bilan suhbatlashib, qoʻriqlanayotgan obyektlarga jangovar xizmatga tayinlanayotgan harbiy xizmatchilarni tanlash, ularning xizmat jarayonini belgilangan Nizom va buyruq talablari asosida toʻgʻri tashkillashtirish, osoyishtalik posbonlarining nazariy va amaliy koʻnikmalarini muntazam oshirib borish hamda professionallik darajasini yuksaltirish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berdi.

Muhim ahamiyat kasb etgan mazkur tadbir yakunida qoʻshinlar safida munosib xizmat qilib kelayotgan bir guruh harbiylarga Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga binoan berilgan harbiy unvonlar tantanali ravishda topshirildi.

Oʻz muxbirimiz.