Qarshi shahar hokimligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda “qizil” toifadagi mahallalarda Prezidentning 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Yigʻilishda mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirish, koʻchalarga kuzatuv kameralari oʻrnatish va ularni profilaktika inspektori xonasiga integratsiya qilish, “xavfsiz koʻcha”, “xavfsiz yoʻlak”lar tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha soʻz bordi. Shuningdek, mahallalar yettiligining muammo va takliflari tinglanib, qaror ijrosini taʼminlash uchun aniq chora-tadbirlar belgilandi hamda har bir mahallaga masʼullar biriktirildi.
Oʻz muxbirimiz.
Qashqadaryo viloyati.
