Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Bahodir Mirzarahimov xizmat safari bilan Navoiy viloyatida joylashgan 7551-harbiy qismda boʻlib, shaxsiy tarkib bilan uchrashdi. Vazir oʻrinbosari harbiy xizmatchilarni qiynayotgan muammolar bilan qiziqib, ularni bartaraf etish choralarini koʻrdi. Shuningdek, bu borada masʼullarga bir qator vazifalar ham yukladi. Bundan tashqari, harbiy qismda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishib, oʻzining tegishli tavsiyalarini berdi.
Mixli SAFAROV,
“Postda” muxbiri.
