Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Bahodir Mirzarahimov Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Samarqand viloyatida joylashgan 7252-harbiy qismda boʻldi. Va harbiy qism shaxsiy tarkibining jangovar tayyorgarligi, harbiy texnikalarining jangovar shayligi, harbiy intizomni mustahkamlash va salbiy holatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha profilaktik suhbat oʻtkazdi.

 Shuningdek, vazir oʻrinbosari harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar hamda harbiy qismdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Samarqand xalqaro aeroportini qoʻriqlash va himoya qilish boʻyicha oʻzining koʻrsatmalarini berib oʻtdi. 

Adiz Narziyev,

harbiy qism komandirining 

tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari,

podpolkovnik.