IIV oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Samarqand viloyatida joylashgan 7252-harbiy qismda boʻlib, harbiy qismda xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilarning xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Jangovor tayyorgarlik mashgʻulotlari, jangovor texnikalarning shay holatda saqlanishini koʻzdan kechirgan vazir oʻrinbosari harbiy qism hamda qoʻriqlanayotgan obʼektda xizmat olib borish tartibi, harbiy xizmatchilarning kasbiy mahorati va bilim salohiyatini oshirish borasida tavsiyalarini berdi. 

Adiz NARZIYEV,

Harbiy qism komandirining 

tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari,

podpolkovnik.