Qashqadaryo viloyatida oʻrganish ishlarini olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor A.I.Ikramov bugun Mirishkor tumanida boʻlib, “xonadonbay” va “fuqarobay” oʻrganish ishlarini amalga oshirdi.

Vazir oʻrinbosari oʻrganish doirasida Mirishkor tumani “Shodlik” MFYda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektori, leytenant I.Ochilovning xizmat uyiga borib, uyning istish tizimi va yashash sharoitlari bilan tanishdi.

Shuningdek, profilaktika inspektorining “Shodlik” MFYda joylashgan xizmat xonasida boʻlib, mahalla idorasining isitish tizimi, aholiga elektr energiyasi, suyultirilgan gaz va koʻmir mahsulotini yetkazib berish, oziq-ovqat mahsulotlari taʼminoti va narx-navosi, koʻrsatilayotgan boshqa kommunal hamda maishiy ishlar oʻrganilib, tegishli tavsiyalar berildi. Aholining har bir murojaatini zudlik bilan tegishli idoralarni jalb etgan holda hal etishlik yuzasidan topshiriqlar berildi.

Mirishkor tuman “Shodlik” MFYda yashovchi fuqaro Shoxsanam Bozorovaning yashash xonadoniga borib, ushbu oilaning yashash sharoitlari, xonadonda isitish tizimidagi kamchiliklar oʻrganilib, bartaraf etildi hamda tuman sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda fuqaro Sh.Bozorova oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlandi.

Oʻrganishlar jarayonida, ushbu mahallada yashovchi fuqaro Shavkat Qurbonovning yashash uyiga borib yashash sharoitlari oʻrganildi.

Vazir oʻrinbosari bilan suhbat davomida ushbu fuqaro davolanishga muhtojligini bildirdi va davlat tomonidan davolanish uchun unga yoʻllanma olib berish uchun tuman hokimiga topshiriqlar berildi. Fuqaro Sh.Qurbonov tuman shifoxonasiga davolanish uchun joylashtirildi.

Mirishkor tumani “Oqmachit” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlgan ishchi guruh rahbari u yerda tuman hokimining yordamchisi, mahalla raisi bilan suhbat oʻtkazib, mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni roʻyxatga olib, aholining kayfiyatiga taʼsir etuvchi omillarni bartaraf etish, nogiron oilalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Shu kuni Kasbi tumanida boʻlgan Vazir oʻrinbosari tuman Tibbiyot birlashmasida boʻlib, birlashmasining Tugʻruq boʻlimi, Kardiologiya va Jonlantirish boʻlimlari, boʻlimlarda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirdi. Oʻrganishlar jarayonida shifoxona bemorlari yotgan xonalardagi issiqlik talab darajasida emasligi boʻyicha eʼtiroz bildirdi. Tuman hokimi va Tibbiyot birlashmasi boshligʻiga shifoxonada doimiy ravishda issiqlikni talab darajasida taʼminlanishi boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrish boʻyicha topshiriq berildi.

Soʻngra, Kasbi tuman “Qoratepa” MFY binosiga tashrif buyurildi. Mahalla idorasi xonalarida issiqlik yoʻqligi, shuningdek MFY raisi tomonidan noqulay ob-havo sharoitida aholi muammolarini aniqlash va ularni oʻrganish boʻyicha ish tashkil qilinmaganligiga eʼtiroz bildirilib, noqulay ob-havo sharoitida aholida mavjud muammolarni aniqlash va ularga yordam koʻrsatish boʻyicha mahallada ishchi guruh tashkil etish boʻyicha topshiriq berildi.

Kasbi tuman “Qoratepa” MFY profilaktika inspektori kapitan Anvar Innatillaevning xizmat xonasi va xizmat uyiga tashrif buyurilib, xizmat xonasi va xizmat faoliyati oʻrganildi va aniqlangan kamchiliklar boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.

Shu mahallada yashovchi yashovchi fuqaro D.Qilichovaning yashash xonadonida boʻlgan Vazir oʻrinbosari xonadon bekasi bilan suhbat davomida suyultirilgan gazni har oyda olayotgani, elektr energiyasi meʼyorda ekanligini bildirdi.

Vazir oʻrinbosarining taklifi bilan xonadon bekasi D.Qilichovaga koʻmir mahsuloti bir dona televizor yetkazib berish boʻyicha tuman hokimiga topshiriq berilib, ijrosi taʼminlandi.

Ishchi guruhning oʻrganishlari davom etmoqda.

Sodiq Rahimov,

“Postda” muxbiri

Qashqadaryo viloyati