Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullayev Sirdaryo viloyatida boʻlib, ishchi guruh aʼzolari bilan mahallalarda oʻrganish ishlarini olib bordi. Asosiy eʼtibor hududlardagi huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga qaratildi. 

Vazir oʻrinbosari Guliston shahridagi «Namuna» va «Bogʻishamol» mahallalarida mahalla yettiligining faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, viloyat IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida boʻldi. Shundan soʻng Guliston tumanidagi 11-sonli Nurli maskan maktab-internatda oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, bolajonlarga sovgʻa- salomlar topshirdi.  

Oʻrganishlar davomida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari viloyatda jamoat tartibini saqlash hamda yoʻl harakat xavfsizligini taʼminlash borasida masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berdi.

Oʻz muxbirimiz.

Sirdaryo viloyati.