Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari — maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi, general-mayor Davron Nazarmuxamedov boshchiligidagi ishchi guruhi Sirdaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Dastavval vazir oʻrinbosari viloyat IIB sohaviy xizmat rahbarlari bilan yigʻilish oʻtkazdi. Unda har bir yoʻnalish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti eshitilib, kelgusida qilinishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.
Vazir oʻrinbosari mutasaddi rahbarlar bilan viloyat hududida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish maqsadida Sirdaryo tumaniga boʻldi. Tashrif davomida tuman IIB navbatchilik qismida tashkil etilgan situatsion markaz qurilmalarining imkoniyatlari, soʻrovxona ish faoliyati hamda ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyatini nazorat qilish masalalariga eʼtibor qaratildi. Shuningdek, xizmat sharoitlari oʻrganildi.
Shundan soʻng vazir oʻrinbosari tumanning “Yoshlik” mahallasida boʻlib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha tegishli tavsiyalar berdi.
Doston SHAMSIDDINOV,
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati rahbari, kapitan.
