Fargʻona viloyati IIB JXX JTSB patrulʼ-post xizmati batalʼonida Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, polkovnik Bekmurod Abdullaev ishtirokida Fargʻona shahar hududida jamoat tartibini saqlashga jalb etilgan xodimlar bilan yoʻriqnoma oʻtkazildi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Vazir oʻrinbosari mamlakatimizda jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada soha xodimlariga yaratib berilgan sharoit va imkoniyatlar haqida soʻz yuritib, bunga javoban xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish kerakligini taʼkidladi.

Shuningdek, tungi xizmat jarayonida eʼtibor qaratish zarur boʻlgan jihatlar shaxsiy tarkibga yana bir bor eslatib oʻtildi.

Yoʻriqnomada oʻz xizmat vazifasiga vijdonan yondoshib, shaxsiy tarkibga namuna boʻlib kelayotgan, osoyishtalikni taʼminlashda fidoyilik bilan xizmat qilayotgan patrulʼ-post xizmati batalʼoni, Fargʻona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlaridan bir guruhiga tashakkurnomalar topshirildi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.