Ayni kunlarda mamlkatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbirlari yurtimizning turli hududlarida uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Ana shunday kechalardan biri Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIVda boʻlib oʻtdi. 

Vazirlik rahbariyati va shaxsiy tarkibi ishtirok etgan mazkur tadbirda jinoyatchilikkka qarshi kurashish va uning oldini olishda boshqa safdoshlariga namuna boʻlib kelayotgan bir guruh xodimlar davlatimiz rahbari tomonidan taʼsis etilgan “Mustaqillikning 30 yilligi” koʻkrak nishoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga koʻra, “Aʼlo xizmatlari uchun”, “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni, “ Faxriy yorliq”, esdalik qoʻl soati va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik A.Temirxanov tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabriklab, ularning faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. 

Tadbir soʻnggida namoyish etilgan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. 

Azamat PIRNIYAZOV,

“Postda” muxbiri.