Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan velosiped boshqaruvchilarining yoʻllardagi tartibli harakatini taʼminlash maqsadida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Navbatdagi targʻibot davomida ham velosiped boshqaruvchilariga harakat vaqtida velosipedlar uchun belgilangan yoʻlaklardan yurishlari bu orqali koʻngilsiz hodisalardan oʻzlarini asrashlari tushuntirildi. Shuningdek, velosipedchilar tungi vaqtda harakatlanganda nur qaytaruvchi nimcha yoki nur qaytarish xususiyatiga ega matolardan tikilgan ust-bosh kiyishlari tavsiya etildi. Velosipedlarning old va orqa qismi ham xuddi shunday nur qaytaruvchi vositalar bilan jihozlangan boʻlishi shartligi kongilsiz holatlarning oldini oladi.
Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati.
