IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Jizzax viloyati Kengashi tashabbusi bilan ichki ishlar organlari, DXX, Milliy gvardiya, Bojxona boshqarmalari va chegara qoʻshinlari jamoalari ishtirokida shaxmat boʻyicha birinchilik oʻtkazildi. Bahslar FIDE talabalari asosida uyushtirildi. Har bir oʻyin uchun 20 daqiqadan vaqt ajratilgan musobaqalar 7 turdan iborat boʻldi. Hakamlik vazifasini Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi Jizzax viloyati hududiy boʻlinmasi vakillari bajarishdi.
Ikki kun davom etgan musobaqa natijalariga koʻra, Jizzax viloyati ichki ishlar organlari vakillari umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egallashdi. Keyingi oʻrinlarni DXX va viloyat Bojxona boshqarmasi jamoalari qoʻlga kiritdilar. Yakunda gʻoliblarga kubok va sovgʻalar topshirildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.