gishli qaroriga muvofiq barpo etilgan majmua oʻzining muhtasham boʻy-basti va jozibasi bilan sayyohlarni hayratga solishi turgan gap. 35 gektar maydonni oʻz ichiga olgan majmuada biznes markazi, 1500 oʻrinli masjid, zamonaviy mehmonxonalar, 400 ta turli savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalari, bozor va gastronomiya markazlari tashkil etilishi belgilangan.

Loyiha qiymati 1711 mlrd soʻmni tashkil etuvchi majmuaning master rejasi turkiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda tayyorlangan boʻlib, ikki bosqichda amalga oshiriladi. Hozirda birinchi bosqich nihoyasiga yetib, mehmonxona, karvonsaroy, oʻnlab savdo va xizmat koʻrsatish binolari, hunarmandlar markazi, milliy bozor va muzeylar qurib bitkazildi. Shuningdek, maqom teatri, shoir va rassomlar xiyoboni hamda kutubxona ham tashkil etildi.

Markazda barpo etilgan «Otabek va Kumush uyi»ning devorlarida «Oʻtkan kunlar» romani sahnalari jonlantirilgan boʻlib, tomosha qilgan odam bir zum oʻzini asar qahramonlari bilan yonma-yon turganday his etadi.

Bir soʻz bilan aytganda, sharqona latofat va zamonaviylikni uygʻunlashtirgan ushbu majmua bir paytning oʻzida Margʻilonning tarixiy va zamonaviy timsolini dunyoga koʻz-koʻz etmoqda.

– Endilikda Fargʻona viloyatiga kelayotgan sayyohlar oqimi ikki hissaga koʻpayishi kutilmoqda, – deydi viloyati IIB XTTB boshligʻi, podpolkovnik Ulugʻbek Niyazov. – Bugundanoq mahalliy va xorijiy sayyohlar kelishni boshlab yubordi. Aholining kayfiyati juda yuqori. Ular bilan samimiy muloqot qilib, xotirjam va maroqli sayohat qilishiga yordam beryapmiz. Xodimlarimiz ingliz, rus, turk va boshqa tillarda bemalol soʻzlasha oladi, sayyohlar bilan samimiy muloqotga kirishib, ularga amaliy yordam koʻrsatishadi.


Abduvosit SIDIQOV,

oʻz muxbirimiz.

Fargʻona viloyati.