Romitan tumani IIB tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra, kech soat 2350 larda tumanning “Tarnaut” mahallasida yashovchi, 2005 yilda tugʻilgan voyaga yetmagan shaxs mast holatda Alisher Navoiy nomli mahalla hududida joylashgan “Dirham” kafesi oldida turgan “Damas” rusumli avtomashinani olib qochadi. Holat yuzasidan viloyat ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, viloyat miqyosida “toʻsib ushlash” maxsus rejasi harakatga keltirildi.
Oʻz vaqtida olib borilgan tezkor-texnik hamda qidiruv-surishtiruv tadbirlari natijasida ushbu avtotransport vositasini olib qochgan shaxs qoʻlga olindi. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.
