Jizzax viloyati IIB HPB hamda Jizzax shahar IIB xodimlari tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tungi reydlar oʻtkazilmoqda. Bu jarayonda tungi klub va ovqatlanish shoxobchalarining belgilangan vaqtda faoliyat koʻrsatishi, shu vaqtda voyaga yetmaganlarning mavjudligiga eʼtibor qaratilyapti. Shu bilan birga, oliy oʻquv yurtlari turar joylarida talabalarning oʻz xonasida ekanligi oʻrganilayotir.

Yoshlar bilan muloqotlar davomida jinoyat sodir etish hamda is gazidan zaharlanishning oqibatlari yuzasidan tushunchalar berilyapti. Bundan tashqari, binolar yongʻin xavfsizligi nuqtai nazaridan tekshirilmoqda.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.