Viloyat IIB JXX Probatsiya boshqarmasi va uning hududiy boʻlinma (guruh)lari tomonidan amalga oshirilgan uchrashuvlar va davra suhbatlari natijasida joriy yilda mazkur yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatishni istagan 18 nafar fuqaroga ana shunday yordam koʻrsatildi. Jumladan, Namangan tumani «Tepa Qiyot» mahallasida yashovchi,
1988-yilda tugʻilgan D.H. dastlabki ijtimoiy yordam paketi pullariga chorvachilik bilan shugʻullanmoqda. Shuningdek, Chust tumani «Munchoqtepa» mahallasida yashovchi, 1984-yilda tugʻilgan R.A. ham chorvachilik uchun subsidiya oldi. Namangan shahri Ilgʻor mahallasida yashovchi, 1992-yilda tugʻilgan I.X.ga tikuv mashinasi uchun subsidiya ajratilib, hozirda yostiq jildlari tikish bilan shugʻullanmoqda. Bu bilan uning oilaviy daromadi oshmoqda. Bu kabi misollarni yana koʻplab keltirish mumkin.
Kechirimlilik va bagʻrikenglik tamoyilining davlat siyosatida aks etishi koʻplab yoʻldan adashgan insonlarning hayotda oʻz oʻrnini topib ketishiga koʻmak bermoqda. Zero, xato qilish ayb emas, uni oʻnglamaslik, tuzalmaslikdan yomoni yoʻq.
Jazodan ozod etilganlar bilan suhbatlashsangiz, ularning aksariyati berilgan imkoniyatni toʻgʻri tushunib yetganini, ozodlikda yaqinlari bagʻrida yashash katta neʼmat ekanini anglab yetgan. Probatsiya guruhi xodimlari esa nazoratdagi shaxslar bilan profilaktik tadbirlar olib borish, doimiy ravishda aloqada boʻlib, muammolariga yechim topayotganliklari samara berayotganini alohida eʼtirof etish joiz.
Abdurahmon BOBOYEV,
podpolkovnik.
Namangan viloyati.
