Namangan viloyati Yoshlar markazida bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olishga qaratilgan oʻquv-seminar oʻtkazildi. Tadbirda zoʻravonlik holatlarini erta aniqlash, xavf darajasini baholash, himoya rejasini tuzish va uni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha yangi yondashuvlar muhokama qilindi.
Seminarda IIBning voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlari, maktab direktorlarining oʻrinbosarlari hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari ishtirok etdi.
Qatnashchilarga “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 440-son qarori boʻyicha batafsil tushuntirishlar berildi. Tahlil, tajriba almashinuvi va aniq amaliy tavsiyalar seminar mazmunini yanada boyitdi.
Oʻz muxbirimiz,
Namangan viloyati.
