Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Bahodir Mirzarahimov xizmat safari bilan IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7531-harbiy qismda boʻldi.
Tadbir avvalida soʻzga chiqqan vazir oʻrinbosari shaxsiy tarkibga yurtimizda sodir boʻlayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ichki ishlar organlari tizimida oʻtkazilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi istiqbolli vazifalar toʻgʻrisida taʼkidladi. Shuningdek, har bir ona Vatanimiz himoyachisi oʻziga yuklatilgan masʼuliyatli vazifa vijdonan bajarishi muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
Shu bilan birga, harbiy qism mutasaddilari bilan suhbatlashilib, shaxsiy tarkibning harbiy intizomini yanada mustahkamlash hamda jangovar xizmat vaqtida xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya etish lozimligini keltirib oʻtdi.
Bundan tashqari, mazkur qismga olib kelingan harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishib, oʻzining bu boradagi fikr-mulohazalarini bildirdi.
Mixli SAFAROV,
oʻz muxbirimiz.
