Toshkent viloyati IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan mazkur hududda joylashgan avtomobillarga gaz quyish shahobchalarida haydovchilar ishtirokida transport vositalariga oʻrnatilgan gaz uskunalari bilan bogʻliq koʻngilsizliklarning oldini olish boʻyicha profilaktik suhbatlar tashkil etildi.

Unga koʻra, avtomobillarga gaz quyish vaqtida xavfsizlik qoidalariga toʻliq amal qilish, belgilangan bosimdan oshirib yubormaslik, taʼqiqlangan gaz ballonlaridan foydalanmaslik hamda gaz uskunalarini belgilangan vaqtlarda koʻrikdan oʻtkazish kabi maʼlumotlar yana bir bor haydovchilar ongiga singdirib oʻtildi.

Mixli SAFAROV,

oʻz muxbirimiz.