Ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ishlash, xodimlar oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, ularni Vatanga, kasbga sadoqat ruhida tarbiyalash, oʻqitish, malakasini oshirish, kasbiy hamda jangovar tayyorgarligini yuksaltirish borasida bir qator tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash – asosiy vazifamiz” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida soʻz yuritildi.

Tadbirda xizmat intizomi, ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniylikka amal qilishi, xizmatda va kundalik hayotda odob-axloq qoidalariga rioya etishi, ichki tartib-qoidalarga rioya qilish, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalada boʻlish lozimligi tushuntirildi.

Shuningdek, taʼmagirlik, poraxoʻrlik, xizmat vazifasini suisteʼmol qilish bilan bogʻliq illatlarga yoʻl qoʻymaslik, bunday holatlar yuz berganda koʻrilajak choralar haqida maʼlumot berildi. Nopok xodimlar xizmat burchiga va qasamyodiga xoinlik qilib, vakolatiga kirmaydigan ishlarga qoʻl urayotgani oz boʻlsa-da, hamon uchrab turgani taʼkidlandi.

Shundan soʻng “Nafsning soʻnggi manzili” filmi namoyish etildi.

Tinglovchilar tomonidan qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.