Koʻrik-tanlovning Buxoro viloyat bosqichi hakamlar hayʼatining xulosalariga koʻra, Buxoro tumani «Rabotiqalmoq» MFY profilaktika inspektori, kapitan Shahobiddin Ismoilov birinchi oʻrinni egallab, tanlovning respublika bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi.
Tanlovda ikkinchi oʻrin Vobkent tumanidagi «Charmgaron» MFY profilaktika inspektori, kapitan
Jahongir Artikovga nasib etdi. Faxrli uchinchi oʻringa Gʻijduvon tumani «Paxtaobod» MFY huquq-tartibot maskani profilaktika inspektori, katta leytenant Jamol Shodiyev loyiq koʻrildi. Bundan tashqari, tanlovda huquq-tartibot maskanlarida eng faol ish olib borgan xodimlar ham turli nominatsiyalar boʻyicha tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Oʻz muxbirimiz.
