Davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibratli, isteʼdodli ayollarni aniqlash, ularning faoliyatini keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ilgʻor ish tajribasini ommalashtirish, ayollar orasida professionallik, ishbilarmonlik, raqobatbardoshlik muhitini shakllantirishga imkon berish va bilim darajasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida ayollar uchun har yili “Yil ayoli” milliy tanlovining oʻtkazilishi anʼanaga aylangan.
Tanlov orqali mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oʻzining ulkan hissasini qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat boʻlib kelayotgan, oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan soha nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari boʻlgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash maqsad qilingan. Navoiy viloyatida ham koʻrik tanlovning viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tanlov 11 ta nominasiya boʻyicha tashkil etildi.
“Yilning eng vatanparvar ayoli” nominatsiyasida vatanimiz tinchligini asrash yoʻlidagi munosib xizmati, xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatlarning oldini olish, oilalar farovonligini taʼminlash yoʻlida xizmat olib borayotgan Ichki ishlar, Prokuratura, Mudofaa, chegara qoʻshinlari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Soliq, Favqulodda vaziyatlar, Bojxona xodimalari ishtirok etishdi. Viloyat IIB MMI va KBTX maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻlimi psixologik taʼminlash guruhi bosh psixologi kapitan Mavluda Orziyeva koʻrik tanlovning viloyat bosqichida gʻolib boʻlib, respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Mahliyo Xolova,
oʻz muxbirimiz.
