Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani IIB shaxsiy tarkibi ishtirokida kurash musobaqasi uyushtirildi. Qizgʻin kechgan bellashuvlarda kapitan SH.Fayzullayevga teng keladigan topilmadi. Keyingi oʻrinlarni leytenant D.Botirov hamda leytenant D.Ismoilov qoʻlga kiritdi. Yakunda gʻoliblarga diplom va sovgʻalar topshirildi.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.