Buxoro viloyati hududiy ichki ishlar organlari navbatchilik qismlari xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan mashgʻulotda xizmat intizomiga hamda qonunchilikka rioya qilish, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala boʻlish, xizmat vazifasini bajarishda xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik, xizmatga taalluqli boʻlmagan ishlarga aralashmaslik borasida qoʻshimcha yoʻriqnoma berildi. Shuningdek, poraxoʻrlik, tamagirlik va korruptsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik, xizmatga sovuqqonlik bilan qaragan, vakolat doirasidan chetga chiqqan xodimlarga nisbatan keskin va qatʼiy choralar koʻrilishi alohida taʼkidlandi.
A.INOMOV,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.
