IIV TvaTOXTD mutaxassis psixologi tomonidan Qashqadaryo viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlarining maʼnaviy-ruhiy holatini yaxshilash maqsadida navbatdagi psixologik trening tashkil etildi.
Treningda asosiy eʼtibor jamoada ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilash, ishonchsizlik, tushkunlik kabi salbiy ruhiy holatlarga yoʻl qoʻymaslikka qaratildi. Shuningdek, xodimlarning oʻz xizmat vazifalarini bajarishida masʼuliyat hissini yanada oshirish koʻzda tutildi.
Tadbir soʻngida psixologik testlar orqali ishtirokchilarning ruhiy koʻrsatkichlari tahlil qilinib, ularga zarur tavsiyalar berildi.
Oʻz muxbirimiz.
Qashqadaryo viloyati.
