Qashqadaryo viloyati IIB Tibbiyot boʻlimi poliklinikasi shifokorlari Moliya va moddiy-texnika taʼminoti boshqarmasi xodimlari huzurida boʻlib, ularni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazishdi.
Kasalni davolagandan koʻra oldini olgan afzal, deganlaridek, xodimlarga shifokorlar tomonidan ayni mavsumda tarqalgan virusli va yuqumli kasalliklar haqida maʼlumotlar berilib, davolash usullari tushuntirildi. Tadbir doirasida xodimlari chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Muntazam sport bilan shugʻullanib, sogʻlom turmush tarziga amal qilish koʻplab kasalliklarning oldini olish bilan birga, ruhiy va jismoniy baquvvat boʻlishda qoʻl kelishi aytildi.
Sodiq RAHIMOV,
“Postda” muxbiri.
Qashqadaryo viloyati.
