Sharof Rashidov tumanining “Kuyovboshi” mahallasida ichki ishlar organlari xodimlari uchun 6 sotix yer maydoniga ega, 3 xonadan iborat 56 ta yakka tartibdagi turar joy foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan faollar, faxriylar hamda soha vakillari ishtirokida uyushtirilgan tadbirda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliev, viloyat IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov va boshqalar soʻzga chiqdilar.
Notiqlar tizimda kechayotgan islohotlar, xususan, xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarni tilga oldilar. Jumladan, mazkur uylarning 17 tasining boshlangʻich toʻlovlari IIV tomonidan toʻlab berilgani maʼlum qilindi. Tadbir davomida xonadon sohiblariga turar joylar kalitlari tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, ularga televizor va kitoblar jamlanmalari sovgʻa qilindi.
Oʻz muxbirimiz.
