Surxondaryo viloyat IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari, polkovnik Baxtiyor Inoqov boshchiligida soha masʼullari ham hududlarni koʻzdan kechirib, mavjud sharoitlar bilan tanishib chiqmoqda. Xususan, Termiz shahrining Oʻzbekiston mahallasida joylashgan 14 ta koʻp qavatli uylardagi mavjud 520 ta xonadon hamda 2 ta ijtimoiy soha obyekti yaʼni Termiz shahar sanʼat va musiqa maktabi, 15-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlarini issiqlik bilan taʼminlovchi qozonxona faoliyati oʻrganildi.
Shuningdek, shahardagi tibbiyot birlashmasi issiqlik manbaini ishlab chiqaruvchi qozonxona hamda binolarning issiqligi, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham koʻzdan kechirildi. Viloyat Elektr tarmoqlari boshqarmasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filialida tashkil qilingan viloyat kuz-qish shtabida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi oʻrganilganda hududlarda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda koʻp qavatli uylar, shaxsiy xonadonlar va jamoat joylarida videokuzatuv qamrovini oshirish, kriminogen vaziyatni chuqur tahlil qilish, profilaktika inspektorlari tomonidan aholi muammolarni oʻrganish boʻyicha “mahalla yettiligi” bilan yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga eʼtibor qaratildi.
Oʻz muxbirimiz,
Surxondaryo viloyati.
