Xorazm viloyati hududida yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash, baxtsiz hodisalarining barvaqt oldini olish maqsadida tashkil etilgan “Targʻibot avtokarvoni” Xonqa tumani hududi boʻylab harakatlanib, yoʻl-transporti hodisasiga uchragan avtomobillar orqali oʻz targʻibot tadbirlarini davom ettirdi.
Viloyat IIB JXX YHXB tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda tuman hududida yashovchi fuqarolar bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan tadbirlar yuzasidan maʼlumotlar berildi.
“Targʻibot avtokarvoni” viloyatning barcha shahar va tuman hududlarida davom etmoqda.
Xudoybergan JABBOROV,
oʻz muxbirimiz.
Xorazm viloyati.
