Navoiy viloyati IIB JXX HPB xotin-qizlar masalalari boʻyicha masʼullar tomonidan "Dolzarb 10 kunlik” dasturi doirasida Navoiy shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Viloyatda profilaktik hisobda turgan ishsiz ayollarning bandligini taʼminlash hamda oila-turmush munosabatlariga doir jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda 9 ta tashkilot va korxona ishtirok etdi. Yarmarkada xotin-qizlarning 5 nafariga doimiy ishga joylashishi uchun yoʻllanma berildi. Shuningdek, tadbir davomida kiberjinoyatlarning oldini olish va ushbu jinoyatchilik turiga qarshi kurashish borasida targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi. 

Maftuna QURBONOVA,

podpolkovnik.

Navoiy viloyati.