Urganch shahridagi «Ishga marhamat!» monomarkazida «Xotin-qiz­larga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirish» mavzusida seminar-trening oʻtkazildi. 

Unda viloyat ichki ishlar organlari­ning xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari, viloyat hokimli­gining Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Ijtimoiy moslashuv markazi masʼul xodimlari hamda huquqshunos va psixologlar ishtirok etishdi.

 Seminar-treningda Ayollarni rea­bilitatsiya qilish va moslashti­rish res­publika markazining viloyat hududiy boʻlimi boshligʻi N. Qoʻshcha­nova, Respublika reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi xodimi 

D. Shodiyeva, viloyat IIB JXX HPB boshligʻining xotin-qizlar masa­lalari boʻyicha oʻrinbosari, kapitan 

S. Xudoyberganova, «Dialog» nodavlat notijorat tashkiloti koordinatori M.Bekmirzayev, viloyat oila va xotin-qizlar qoʻmitasi boʻlim boshligʻi M.Otajonova, trener-ekspert D.Toʻxtasinovalar soʻzga chiqib, gender tenglikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar, xotin-qizlar huquqlari kafolatlarining qonunchilik mezonlari, ularning teng huquqliligini taʼminlash, har qanday koʻrinishdagi zoʻravonlik­ning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtishdi.

– Ayollar bilan bogʻliq muam­molarni qancha erta aniqlab, bartaraf etish choralarini koʻrsak, jamiyatimizda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan noxush holatlarning, turli huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olgan boʻlamiz, – deydi viloyat IIB JXX HPB boshligʻining oʻrinbosari, kapitan Sevara Xudoyberganova. – Mazkur seminar-treningda aynan shu masalalar ochiq va oshkora tahlil qilindi. Turli takliflar, fikrlar bildirildi.

Ochiq muloqot tarzida oʻtgan seminar-treningda barcha ishtirokchilarga loyiha maqsadi va vazifalarini targʻib qiluvchi materiallar tarqatildi.  

Xudoybergan JABBOROV,

«Postda» muxbiri.

Xorazm viloyati.