Qamashi tumani Manaviyat maskanida tuman IIB JXX probatsiya hisobida turgan xotin-qizlar kelgusida jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil etildi.
Dastlab xotin-qizlarning dunyoqarashi va fikrlashini oʻzgartirish maqsadida psixologik trening oʻtkazildi. Soʻng shaxmat-shashka musobaqasi tashkil etilib, gʻoliblar sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Oʻz muxbirimiz.
Qashqadaryo viloyati.
