Toshkent davlat yuridik universitetida “Huquqni muhofaza qilish organlarida ayollarning oʻrni” mavzusida seminar-trening oʻtkazilib, unda Yangihayot, Yunusobod, Olmazor tumanlari IIO FMB xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlari, Milliy gvardiya katta inspektorlari va universitet talabalari qatnashishdi. Xodimlar tomonidan gender tenglik va huquqni muhofaza qilish organlarida rahbar ayollarning oʻrniga bagʻishlangan material tayyorlanib, taqdim etildi. Xizmat faoliyatiga doir masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida oʻtkazildi.
Yoshlar orasida oʻtkazilayotgan bu kabi uchrashuvlar – kelajakda Vatanga munosib xizmat qiladigan boʻlajak kadrlarni tayyorlash tomon qoʻyilayotgan navbatdagi qadamdir.
