Yurtimizda keng nishonlangan ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Xovos tumanida ham bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Sana munosabati bilan soha xodimlari faoliyati va mehnatini munosib taqdirlash maqsadida tuman ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar taklif etildi.
Tadbirda tuman hokimi Uchqun Kamolov soʻzga chiqib, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida ichki ishlar organlari tomonidan tezkor-profilaktik chora-tadbirlar olib borilayotgani, bunda har bir xodimning alohida oʻrni borligini eʼtirof etdi. Jamoat tartibini saqlash bilan bir qatorda tuman hududida olib borilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotgan fidoyi xodimlarning bir guruhiga tuman hokimligining qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
