Davlatimiz rahbarining “Ichki ishlar organlarini professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori osoyishtalik posbonlarining xalq orasidagi obroʻ-eʼtiborini yanada oshirish yoʻlidagi muhim qadamlardan biri boʻldi.

 Chunki mazkur soha xodimlari “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqparvar tizim vakillari sifatida yurtdoshlarimizning chinakam koʻmakdoshiga aylanib bormoqda. Bunga elimiz xodimlarning aholiga koʻrsatayotgan yordamlarini ommaviy axborot vositalari orqali ham koʻrib, guvohi boʻlib turibdi. 

Jonajon xalqimizning roziligiga erishish, ona Vatan oldidagi muqaddas burchini chin yurakdan his etgan holda, masʼuliyat bilan bajarish davlat xizmatchilarining oliy burchi sanaladi. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi ham soha xodimlarining ustuvor vazifalar belgilanib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish muqaddas burchi sifatida koʻrsatib oʻtilgan.

Shu boisdan bugungi kunda tizimning barcha xodimlari mazkur kodeksga amal kilgan holda, oʻzining xizmat samaradorligini oshirish, rahbarlar esa qoʻl ostidagi shaxsiy tarkibning oilaviy-maishiy muammolarini doimiy ravishda oʻrganish va hal etish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirishi koʻzda tutilgan. 

Shuningdek, ushbu hujjatda xodimlarning xizmatga qabul qilinishidan to intizomiy jazoga tortilib, ishdan boʻshatilishigacha boʻlgan barcha chora-tadbirlar aniq-ravshan belgilab berilgan. Shundan kelib chiqqan holda, osoyishtalik posbonlari yangi kuch va shijoat bilan xizmat qilib, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish hamda mehnatsevar xalqimizning ishonchini qozonish orqali mamlakatimiz tinchlik-osoyishtaligini yanada mustahkamlashga ahd qildi.  

Shuhrat ABDUMURATOV, 

Toshkent viloyati IIBB MMI va KBTX boshligʻining oʻrinbosari,

 podpolkovnik.