Binoning foydalanishga topshirilish marosimida Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullayev hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, general-mayor Azizbek Ikramov, shuningdek, soha faxriylari va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
«Sanoat» mahallasi Chimyon koʻchasida bunyod etilgan ushbu maʼmuriy bino 2 qavatdan iborat boʻlib, nazorat oʻtish joyi, fuqarolarni qabul qilish xonasi, 77 ta xizmat xonasi, maʼrifat zali, avtoturargoh, garaj, omborxona hamda saf maydonini oʻz ichiga oladi.
Shu kuni Ichki ishlar vazirligi tomonidan boʻlim shaxsiy tarkibiga 1 ta «Damas» va
2 ta «Niva» rusumli xizmat avtomashinalari ham tantanali ravishda topshirildi.
Oʻz muxbirimiz.
Fargʻona viloyati.
