Ana shu shior ostida 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Jizzax IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov yosh xodimlar, ularning ota-onalari hamda IIV akademiyasi kursantlari bilan muloqot oʻtkazdi. Tadbir avvalida mamlakatimizda yoshlar, xususan, sohaning yosh vakillariga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida soʻz yuritildi.
Tadbir davomida hamkasblariga ibrat boʻlayotganlar, ularning ota-onalari, Jahon va xalqaro sport arenalarida yuqori natijalarga erishgan xodimlar, namunali oilalar vakillari ragʻbatlantirildi. Yana bir qator soha vakillariga navbatdagi “leytenant”, “katta leytenant”, “kapitan” maxsus unvonlari topshirildi.
Oʻz muxbirimiz.
Jizzax viloyati.