Surxondaryo viloyati IIB Tibbiyot boʻlimida Prezidentimizning 2023-yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Tibbiyot boʻlimi xodimlariga qarorga muvofiq kadrlar bilan ishlash tizimiga kiritilgan oʻzgarishlar haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, qaror bilan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlangani va unda tizimda korrupsiya, tamagirlik, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, faoliyatning ochiqligi va shaffofligini taʼminlashga qaratilgan muhim qoidalar kiritilgani aytib oʻtildi.
Tadbirda qaror sharhi yuzasidan tayyorlangan videolavha ham namoyish etildi.
Feruza RAHMONQULOVA,
“Postda” muxbiri,
Surxondaryo viloyati
