Yurtimizning barcha hududlari singari Xorazm viloyatida ham yangi yil koʻtarinki ruhda kutib olinmoqda. Viloyat hududidagi markaziy xiyobonlar, dam olish va istirohat bogʻlari, mahalla va guzarlar bayramona bezatilgan.

Bayram tadbirlarining tinch va osoyishta oʻtishini taʼminlashga viloyat ichki ishlar organlarining barcha sohaviy xizmatlari jalb qilingan. Ular belgilangan reja asosida viloyat markazi hamda shahar va tuman hududlarida tashkil etilgan bayram tadbirlarida jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni koʻrishyapti.

Ushbu tadbirlarda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda. Ular yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash bilan bir qatorda bayram tadbirlariga tashrif buyurayotgan jajji kichkintoylarni yangi yil bilan qutlab, bayram sovgʻalari topshirishmoqda.

Xudoybergan JABBOROV,

oʻz muxbirimiz.

Xorazm viloyati.