Yangihayot tumani IIO FMB 4-son IIB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori podpolkovnik R. Binali mahalla faollari bilan birgalidka muntazam ravishda aholi bilan profilaktik suhbatlar va taʼlim muassasalari oʻquvchilari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi. Shuningdek eʼtiborga muhtoj fuqarolardan xabar olish ham podpolkovnik R. Binalining kun tartibiga kiritilgan.
“Binokor” mahallasi faoli bilan birgalikda ushbu mahallada yashovchi 61 yoshli Oʻgʻiloy T.dan xabar olindi. Suhbat davomida ayol propiska bilan yordam berishni soʻradi. Xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor koʻmak uchun tuman MvaFRBga murojaat qildi. Natijada Oʻgʻiloy T.ning muammosi yechim topdi.
Boshqa bir holatda profilaktika katta inspektoriga “Yoʻldosh” mahallasida yashovchi 25 yoshli N.J. murojaat qilib, oilaviy kelishmovchiliklar sababli voyaga yetmagan farzandi bilan uyni tark etib, ikki yildan buyon Yashnobod tumanida ota-onasining uyida yashayotganini maʼlum qildi. Shuningdek uning xabar berishicha, kelinlik uyidagilar shaxsiy buyumlarini olib ketishga yoʻl qoʻymayotgan ekan. Ushbu murojaat ham eʼtiborsiz qoldirilmadi va mahalla faoli bilan birgalikda yordam koʻrsatilib, huquqiy tavsiyalar berildi.
Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektor “Chortoq” mahallasida yashovchi “temir daftarga” kiritilgan koʻp farzandli oiladan xabar oldi. Maʼlum boʻlishicha, olti nafar farzandi boʻlgan ayolning uyida elementar sharoit yoʻq ekan, shuningdek uning ikki nafar farzandlarining tugʻilganlik haqidagi guvohnomalri yoʻq edi. Podpolkovnik R. Binali koʻmak uchun Yangihayot tumani shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha 2-sektori rahbariga murojaat qildi. Natijada ayolga zarur hujjatlar berilib, oziq-ovqat toʻplamlari topshirildi.
Bundan tashqari podpolkovnik R. Binali 2 va 332-son umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari bilan uchrashdi va uchrashuvda yosh avlodnning tarbiyasi bilan bogʻliq muammolar muhokama qilindi. Jumladan, oʻquv maskanlari oʻquvchilari tomonidan dars qoldirilishi va yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar sabablari koʻrib chiqildi.
